Yangiliklar
Elektron kutubxonadan uzmasofadan foydalanish yoʻlga qoʻyildi
Endi talabalar va oʻqituvchilar elektron nashrlarni istalgan joydan, shaxsiy kabinet orqali oʻqishlari mumkin.
Kutubxonaning raqamli platformasi ishga tushirilishi bilan elektron kitob va darsliklardan uzmasofadan foydalanish imkoni paydo boʻldi.
Foydalanish uchun telefon raqami orqali roʻyxatdan oʻtish va shaxsiy kabinetga kirish kifoya. Har bir foydalanuvchi oʻz javonini tuzishi, sevimli kitoblarini saqlashi va oʻqish tarixini koʻrishi mumkin.