Asosiy mazmunga oʻtish
Yangiliklar

Fondga 500 dan ortiq yangi darslik qoʻshildi

Yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik doirasida kutubxona fondi zamonaviy tibbiyot adabiyoti bilan boyitildi.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali kutubxonasi fondi yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik doirasida 500 dan ortiq yangi darslik va oʻquv qoʻllanma bilan toʻldirildi.

Yangi nashrlar anatomiya, fiziologiya, jarrohlik va ichki kasalliklar yoʻnalishlarini qamrab oladi. Kitoblarning bir qismi elektron shaklda ham mavjud — talabalar ularni uzmasofadan oʻqishlari mumkin.

Yangi kelgan adabiyot bilan katalog boʻlimidan tanishishingiz mumkin.

Fondga 500 dan ortiq yangi darslik qoʻshildi · Axborot-resurs markazi